Turkiya AQShdan Gulenni hibsga olishni talab qildi

© REUTERS/Greg Savoy/Reuters Fathulloh Gulen
Fathulloh Gulen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu Turkiyaning Gulenni hibsga olishni so‘rab jo‘natgan birinchi talabnomasidir.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Turkiya adliya vazirligi AQShga muxolif islom ulamosi Fathulloh Gulenni hibsga olish talabnomasini yubordi, deb xabar beradi RIA Novosti Anadolu agentligiga asoslanib.

Gulen Turkiyada harbiy to‘ntarishni tashkil etish va uni amalga oshirishga urinishda ayblanmoqda. Bu Turkiyaning Gulenni hibsga olishni so‘rab jo‘natgan birinchi talabnomasidir.

Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Turkiya xalqidan qo‘zg‘olonni bartaraf qilishda yordam so‘radi

16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh isonchilar harbiy to‘ntarish qilishga urinishdi. Asosiy to‘qnashuvlar Anqara va Istanbulda bo‘lib o‘tdi. 246 fuqaro halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlandi, ison bostirildi.

Turkiya hukumati Gulenni to‘ntarishga urinishda aloqadorlikda aybladi va AQShdan uni topshirishni so‘radi. Gulenning o‘zi isonni qoraladi va o‘zining bunga aloqasi yo‘qligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0