Moskvadagi ko‘rgazmada o‘zbek tekstil korxonalari 200 mln dollarlik shartnoma imzolaydi

© Tekstillegprom-2016"TEKSTILЬLEGPROM" ko‘rgazmasi
TEKSTILЬLEGPROM ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada O‘zbekiston to‘qimachilik bozoridagi 90dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi. Respublika korxonalarining milliy ko‘rgazma stendi 800 kvadrat metrga yaqin maydonni egallaydi va O‘zbekiston yengil sanoatining ulkan salohiyat va imkoniyatlarini namoyish etadi.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston korxonalari bugun Moskvada boshlangan "Tekstillegprom-2016" (Tekstilyengilsanoat-2016) ko‘rgazmasida Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlarga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 200 million dollardan ortiq miqdordagi shartnomalar imzolashni ko‘zda tutmoqda, deb xabar berdi “O‘zbekengilsanoat” AJ vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston to‘qimachilik bozoridagi 90dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi. Respublika korxonalarining milliy ko‘rgazma stendi 800 kvadrat metrga yaqin maydonni egallaydi va O‘zbekiston yengil sanoatining ulkan salohiyat va imkoniyatlarini namoyish etadi.

"O‘zbekistonlik tekstil ishlab chiqaruvchilarining bunday xalqaro miqyosdagi tadbirda ishtirok etishlari kutilgan edi. Zero bugungi kunda O‘zbekiston tashqi bozorga xom ashyo yetkazib beruvchidan tayyor mahsulot yetkazib beruvchiga aylanib borish asnosida to‘qimachilik sanoati bilan shug‘ullanuvchilarni o‘ziga tortuvchi “ohanrabo markaz” maqomini olmoqda", — dedi jamiyat vakili.

O‘zbekiston yengil sanoat korxonalarining mazkur tadbirda qatnashishlari o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining ichki va xalqaro hamkorlarning uzoq muddatli manfaatlariga javob beruvchi eksport salohiyatini rivojlantirishi, kelgusi yillar uchun ishonchli va mustahkam iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun zamin yaratishiga mahalliy ekspertlarning ishonchi komil.

O‘zbek matolari - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ikkita to‘qimachilik ko‘rgazmasi ochildi

Bunday xulosaga kelish uchun sabablar yetarli. Ko‘plab xorijiy import kompaniyalari, yirik savdo tarmoqlari, riteylerlarning vakillari O‘zbekistonning milliy stendiga tashrif buyurish taklifini bajonidil bajonidil qabul qildilar. Bu yerda ko‘rishga arzigulik mahsulotlar ko‘plab topiladi, chunki bugungi kunda mamlakatning tekstil sanoati eksport uchun kalava ipdan tortib tayyor trikotaj kiyimlargacha bo‘lgan keng turdagi mahsulotlarni taklif etmoqda.

Ko‘rkam va o‘ziga xos tarzda bezatilgan milliy stendda tekstil sanoatining barcha yo‘nalishlaridagi korxonalarning yuqori sifatli mahsulotlari namoyish etiladi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarning e’tiborini o‘zbek milliy matolari – atlas, beqasam, banoras hamda ulardan tayyorlangan kiyimlar jalb etishi shubhasiz, zero bu matolar hali ham o‘z ommabopligini yo‘qotgani yo‘q. Shuningdek ipakdan qo‘lda to‘qilgan gilamlar va ipakchilik sanoatining asosiy xom ashyosi bo‘lgan pilla, an’anaviy va zamonaviy o‘zbek ayollar milliy kiyimlari, suvenir mahsulotlari ham namoyish etiladi.

O‘zbekistonlik qatnashchilar ajoyib shou ham tashkil etadi – “Sharq liboslari” dizayn markazining yangi kiyimlar kolleksiyasi namoyishi bo‘lib o‘tadi. Namoyishda O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixini, milliy an’analarini ifodalovchi o‘zbek milliy kiyimlari taqdim etiladi.

Xorijlik ishbilarmonlar ko‘rgazmada Toshkent va Farg‘onaning o‘ziga xos turfa xil matolari, Xorazmning zargarlik buyumlari, Buxoroning zardo‘zlik san’ati, Samarqandning me’moriy merosi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonning kashtachilik mahoratiga guvoh bo‘lishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0