Toshkentda ikkita to‘qimachilik ko‘rgazmasi ochildi

© Sputnik / Sergey GuneyevO‘zbek matolari
O‘zbek matolari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Textile Expo Uzbekistan 2016 ko‘rgazmasida O‘zbekiston va dunyo korxonalari mahsulotlari namoyish qilingan bo‘lsa, CAITMEda to‘qimachilik uskunalarining eng so‘nggi namunalari bilan tanishish mumkin.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. “O‘zekspomarkaz”da 7-9 sentabr kunlari O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasiga aloqador Textile Expo va CAITME ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Ekspomarkaz.

Textile Expo Uzbekistan 2016 – Markaziy Osiyo ixtisoslashgan to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi bo‘lib, u xalqaro korxonalar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekistondagi yagona ko‘rgazmadir.

Ko‘rgazma doirasida ulgurji xaridorlar uchun maxsus dastur tashkil qilingan. Unga ko‘ra chet ellik korxonalar O‘zbekiston bozoriga kirishi hamda mahalliy korxonalar esa, mamlakat ichida turib, eksport hajmini oshirish imkoniga ega.

CAITME – X O‘rta Osiyo Xalqaro To‘qimachilik Uskunalari va Texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib, O‘rta Osiyo va MDH yengil sanoati uchun ishlab chiqarilgan eng zamonaviy uskunalar va texnologiyalar namoyish qilingan.  

Yangiliklar lentasi
0