TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston Ungar-Too tumanidagi bahsli hudud bo‘yicha muammolarni bartaraf etishgach, ikki davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti yana o‘z faoliyatini tiklaganligi xabar qilinmoqda.
"19 sentabr kuni 08.00dan boshlab o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari odatiy tartibda faoliyat yurita boshladi", — deb xabar qilindi dushanba kuni Qirg‘iziston chegara xizmati rasmiy saytida.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, shanba kuni O‘zbekiston muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayev o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tgan. Shundan so‘ng, yakshanba kuni O‘zbekiston tomon Ungar Too uchastkasidan IIV xodimlarini olib chiqib ketgan.