Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari: chegara yaqinida o‘zbekistonlik militsioner qo‘lga olindi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovQirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari: O‘zbekiston bilan chegara yaqinida qo‘shni mamlakat militsioneri qo‘lga olindi
Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari: O‘zbekiston bilan chegara yaqinida qo‘shni mamlakat militsioneri qo‘lga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston huquq-tartibot idorasi xodimining qo‘lga olinishi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Ola-Buqa tumanida Qirg‘iziston chegarasidan noqonuniy o‘tgan o‘zbek militsioneri qo‘lga olindi. Bu ma’lumotni Qirg‘iziston bosh vazirining o‘rinbosari Jenishbek Razaqov Sputnik Kirgizstan muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.

Qirg‘iziston maxsus kuchlari - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston spesnazi O‘zbekiston chegarasida navbatdagi provokatsiya uyushtirdi
Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, bosh vazir o‘rinbosari boshqa ma’lumot bermadi. U shuningdek, mazkur holatning O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan “Chayon” maxsus xizmati haqidagi ma’lumot bilan bog‘liqligini na tasdiqladi, na inkor qildi.

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari ilgariroq o‘z manbalariga tayangan holda 13-avgust kuni Qirg‘izistonning “Chayon” maxsus xizmati harbiylari qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi “Damba-5” postiga kelishgani, o‘zbek militsionerlariga “bu hudud Qirg‘izistonga tegishli ekanini aytishgani va suv omboriga kirishga urinishgani” haqida yozishgandi. Rad javobini olgan “Chayon” harbiysi o‘zbek militsionerlarini qo‘rqitish va ularni qochishga majbur qilish uchun avtomatidan yerga o‘q uzgan, deb ta’kidladi Namangan viloyati IIBdagi manba.

O‘zbekiston tomoni bir nafar militsioner ushlanib Qirg‘iziston hududiga olib o‘tib ketilgani haqida bayonot berdi. Qirg‘iziston qurolli kuchlari bosh shtabi bu ma’lumotlar inkor qildi va “uydirma” deb atadi. Keyinroq qator qirg‘iz OAVlarida o‘zbek militsionerlari Qirg‘iziston hududiga noqonuniy ravishda o‘tishgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0