Nyu-Jersining temir yo‘l stansiyasiga yaqin hududda portlash ro‘y berdi

© KENA BETANCUR / AFPNyu-Jersidagi temir yo‘l stansiyasi yaqinida portlash ro‘y berdi
Nyu-Jersidagi temir yo‘l stansiyasi yaqinida portlash ro‘y berdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin bu hududda shubhali qurilma aniqlangani haqida xabar qilingan edi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Sal oldin, Nyu-Jersidagi Elizabet temir yo‘l stansiyasida qo‘lbola portlovchi modda solingan paket aniqlangan, hamda shu bois poyezdlar harakati to‘xtatilgani haqida xabar qilingan edi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Elizabet shahri meri so‘zlariga ko‘ra, soat tungi 21.30da (Toshkent vaqti bilan 06.30da) ikki erkak axlat solinadigan konteynerda bomba borligini payqab qolishgan. Politsiyachilarni aynan ular chaqirganlar.

Nashr xabariga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan 00.40 (Toshkent vaqti bilan 09.40)da amalga oshirilgan. Portlash ro‘y bergan vaqtda robot shubhali predmetni o‘rganayotgan bo‘lgan.

Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Suriya armiyasiga zarba berdi, 62 kishi qurbon bo‘ldi
Hozirga qadar jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

O‘z navbatida, CNN telekanali, shubhali paket "huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan portlatilgan" deya xabar tarqatgan.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Nyu-York va Nyu-Jersi shaharlarida kuchli portlashlar ro‘y bergan edi. Politsiyachilardan olingan ma’lumotlarga binoan, 29 kishi jabrlangan, ular orasida ayrimlari jiddiy jarohatlangan. Sal vaqt o‘tgach, Nyu-Jersida quvur bo‘laklaridan tayyorlangan ikkita hali ishga tushirilmagan bombalar aniqlangan. Yana bir portlovchi qurilma esa Nyu-Yorkda aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0