BMT Oliy komissari: qochoqlar palatkasida o‘tkazilgan 20 daqiqani umrbod unutmayman

© KENA BETANCUR / AFPQochoqlar masalasi bo‘yicha BMT sobiq Oliy komissari Antoniu Guterresh
Qochoqlar masalasi bo‘yicha BMT sobiq Oliy komissari Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n yil davomida BMTning qochoqlar masalasi bo‘yicha Oliy komissari lavozimini egallagan Antoniu Guterresh RIA Novosti nashriga bergan intervyusida ikki inson taqdiri uni to shu kungacha ishlashga hamda urush va qiyinchiliklardan qochganlarga yordam berishga undab kelayotganiga iqror bo‘ldi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. BMT yangi Bosh kotibi lavozimiga kechayotgan poygada yetakchilikni egallab turgan Antoniu Guterresh BMT Oliy Komissari sifatida ishlab yurgan kezlarida hayotida sodir bo‘lgan eng ayanchli xotiralarni yodga olishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

O‘n yil davomida BMTning qochoqlar masalasi bo‘yicha Oliy komissari lavozimini egallagan Antoniu Guterreshning so‘zlariga qaraganda, ikki inson taqdiri uni to shu kungacha tinmay mehnat qilishga hamda urush va qiyinchiliklardan qochganlarga yordam berishga undab kelmoqda.

"Men sizlarga Kongo Demokratik respublikasidan bo‘lgan bir ayol hayoti to‘g‘risida so‘zlab bermoqchiman. U o‘z qishlog‘i yaqinidagi bir dalada mehnat qilayotgan vaqtida, o‘sha joyga bir guruh askarlar kelishadi. O‘n sakkiz askar ayolni zo‘rlaydi. Bu haqda kimdir ayolning kenja o‘g‘liga xabar qilishga ulguradi va yosh yigitcha o‘sha joyga, dala maydoniga qarab yuguradi. Askarlar uni o‘sha joyning o‘zida o‘ldiradi. Bu xabar ayolning eriga yetib borganda, u o‘sha vaqtning o‘zida yuragini changallab, o‘ladi", — deb hikoya qildi Guterresh.

"Men birinchi marta bu haqda eshitganimda, bunday hodisa ro‘y berishi mumkinligiga ishonmagandim, ishonishni xohlamagandim. Ammo afsuski, ma’lumotlar tasdiqlangan edi. Ulkan qayg‘uni tasavvuringizga sig‘dira olasizmi? Biz bu kabi voqealar yuz bermasligi uchun harakat qilishimiz, ularni to‘xtatishimiz darkor", — deydi Guterresh.

Qochoqlar - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova: YeIning qochoqlar borasidagi kelishuvi “qul savdosini eslatadi”
Guterreshning xotirasiga o‘rnashib olgan ikkinchi voqea esa Iordaniyadagi suriyalik qochoqlar lageriga tegishli. "Men to‘rt nafar farzandi bor oilaning uyida bo‘ldim. Bolalarning biri to‘rt yoshda edi. Men ular o‘rnashgan palatkada 20 daqiqacha bo‘ldim, ular bilan suhbatlashdim. Bolakay bu vaqt mobaynida plastikdan yasalgan to‘pponcha bilan o‘ynar, va atrofdagilarni tinmay "Ta-ta-ta-ta-ta" deya otar edi. Uni na otasi, na onasi to‘xtata oldi. Zo‘ravonlik bu go‘dakka o‘ta jiddiy jarohat yetkazgan, uning murg‘aq qalbini bitmaydigan qilib yaralagandi. Uyi barbod bo‘lgan, yaqinlari o‘ldirilgan bu bolakay, ehtimol hech qachon tuzalmas", — deya ta’kidlaydi Guterresh. "Men o‘sha 20 daqiqani umrbod yodimda saqlayman", — qo‘shimcha qiladi u.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha qochoqlar soni 20 million nafarni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0