“Razvedkaning xatosi” AQShga qimmatga tushishi mumkin

© AP PhotoIdlib Suriya
Idlib Suriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zarbalar “Islom davlati”ga qarshi kurashayotgan qo‘shinlarga berilganligi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Xalqaro koalitsiyaning Suriya armiyasiga “adashib” bergan zarbasi Amerikaga qimmatga tushishi mumkin, deb hisoblaydi The American Conservative jurnali sharhlovchisi Deniyel Larison, RIA Novostiga asosan.

Pentagon aviazarba “razvedkaning xatosi” sababli amalga oshirilgan, deb bayonot berdi. Agar haqiqatan ham shunday bo‘ladigan bo‘lsa, bu AQShni noqulay va inqirozga uchratuvchi ahvolga solib qo‘yadi, deydi sharhlovchi. Bundan tashqari, bu holat Suriyadagi kabi ko‘p tomonlama fuqarolar urushi davom etayotgan joyda bomba zarbasi berish naqadar xavfli ekanligini ko‘rsatadi.

Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Suriya armiyasiga zarba berdi, 62 kishi qurbon bo‘ldi

Buning ustiga, zarbalar “Islom davlati”ga qarshi kurashayotgan qo‘shinlarga berilganligi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. AQShning “xatosi” terrorchilarning foydasiga xizmat qilgan va bu dalil Moskva yoki Damashq tomonidan Vashingtonga qarshi qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, hodisa noqulay vaqtda yuz bergan – yaqindagina Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish borasida Rossiya bilan kelishuvga erishilgan edi, deydi sharhlovchi.

“IShIDga qarshi koalitsiya” samolyotlari shanba kuni ID jangarilari qurshovidagi Suriya qo‘shinlariga to‘rt marta zarba berishi oqibatida 62 nafar harbiy halok bo‘lgan, 100ga yaqini yaralangandi. Pentagondagilar “afsusda” ekanliklarini va bu zarbalar terrorchilarga qaratilganligini aytishdi.

Yangiliklar lentasi
0