Vazirlar Mahkamasi Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturini tasdiqladi

Obuna bo‘lish
Dastur 2018-yilgacha bo‘lgan ikki yillik muddatga mo‘ljallangan. Unda sanoat, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, hududning investitsiyalar jalb etish salohiyatini oshirish, shuningdek ayrim korxonalar faoliyatida davlat budjeti mablag‘lari sarflanishini maqbullashtirish ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Toshkent viloyatini 2016-2018 yillarda kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturini tasdiqladi, deb xabar beradi Lex.uz portali.

Hujjat “tabiiy-xom ashyo, ishlab chiqarish va mehnat potensiallaridan samarali foydalanish, hudud aholisining turmush darajasi va sifatini oshirishni ta’minlash maqsadida” qabul qilingan.

Xususan, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo  vazirligi, hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika sohasi hamda investitsion siyosat borasida rejali ko‘rsatkichlarni bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi topshirilishi lozim.

Neftni qayta ishlash korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida texnik moylarni qayta ishlash zavodi ishga tushdi

Bir oy davomida tegishli vazirliklar va mahalliy hokimiyat organlari yangi sanoat obyektlarini qurish, faoliyat yuritib turgan sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, xom ashyo bazasini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlar ishlab chiqishi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi lozim.

Bundan tashqari, iqtisodiyot vazirligi Toshkent viloyatidagi qator tumanlardagi ayrim korxonalarning daromadlarini oshirish hisobiga davlat budjeti mablag‘lari sarfini maqbullashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqshi lozim. Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov ushbu ishlarning bajarilishi uchun mas’ul etib tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0