Toshkent viloyatida texnik moylarni qayta ishlash zavodi ishga tushdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishNeftni qayta ishlash korxonasi
Neftni qayta ishlash korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolgariyaning Prista Oil kompaniyasi ishtiriokida tashkil qilingan qo‘shma korxona yiliga 43 ming tonna ishlatilgan moydan 30 ming tonna moy olish quvvatiga ega. Loyiha qiymati 15 million dollarni tashkil qildi.

TOShKENT, 4 apr – Sputnik. O‘zbekiston-Bolgariya qo‘shma korxonasi Uz-Prista Recycling Toshkent viloyatida ishlatilgan motor moyidan toza moy olish zavodini  ishga tushirdi, bu haqda  korxona ta’sischilaridan biri bo‘lgan  “O‘zneftmahsulot” AJ xabar berdi.

Qo‘shma korxona yiliga 43 ming tonna ishlatilgan moydan 30 ming tonna moy olish quvvatiga ega. Olingan mahsulot Uz-Prista Oil qo‘shma korxonasi ishlab chiqarayotgan mineral va sintetik moylarga asos sifatida ishlatiladi. Loyihaga kiritilgan sarmoya – 15 million dollarni tashkil qildi.  

 

2011 yilda Bolgariyaning Prista Oil kompaniyasi “Uz-Texaco” qo‘shma korxonasidagi Texaco Overseas Holdings Inc kompaniyasining  50,1% aksiyasini sotib oldi. Qo‘shma korxoaning ikkinchi ta’sischisi bu “O‘zneftmahsulot” AJ bo‘lib unga 49,9 % aksiya tegishli.  

Hozirgi kunda Uz-Prista Oil Farg‘ona Neftni qayta ishlash zavodida 30ga yaqin motor, transmissiya, giravlika va boshqa moylar ishlab chiqarmoqda. Korxona mahsulotining 70% O‘rta Osiyo va  Sharqiy Yevropa mamlakatlariga Texaco brendi ostida eksport qilinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0