TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Sputnik muxbiri Toshkentdagi Rossiya elchixonasida tashkil qilingan saylov uchastkasida bo‘ldi.
Erta tongdan Toshkentdagi Rossiya elchixonasiga ko‘plab saylovchilar kela boshladi. Saylovchilar nafaqat Toshkentning turli tumanlaridan, balki boshqa viloyatlardan ham yetib kelishdi
Ovoz berish jarayoni juda oddiy tashkil qilingan, saylovchilar hech qanday muammosiz o‘z fikrlarini bildirmoqda.
Rossiya Davlat Dumasiga saylov uchastkalari O‘zbekistonning uch shahrida Toshkent, Farg‘ona va Navoiy shaharlarida tashkil qilingan.
Elchixona xabariga ko‘ra, soat 13:00 da Toshkentda 582 kishi ovoz berishga ulgurgan, 204 sonli Perovo bir mandatli okrugi hisobidan 566 kishi ovoz berishga ulgurgan.
“Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga qadar ochiq bo‘ladi. Saylovda qatnashishni istagan har bir kishida yetarlicha vaqt bor. Biz O‘zbekiston hukumatiga respublika hududida Davlat Dumasi saylovi tashkil qilishda kerak bo‘lgan barcha yordamni bergani uchun minnatdorchilik bildiramiz. O‘zbekistondagi barcha saylov uchastkalarida ochiq, oshkora, xalqaro standartlarga va Rossiya Konstitutsiyasi va qonunlariga to‘la mos ravishda o‘tmoqda”, — deyishdi Rossiya elchixonasida.
“Parnas” partiyasi deputati va O‘zbekistonda saylov o‘tishi kuzatuvchisi Leonid Drabkinning fikriga ko‘ra O‘zbekistonda saylov tinch o‘tmoqda. Hech qanday qoidabuzarliklar kuzatilgani yo‘q.
“Hamma yoq tinch, jiddiy qoidabuzarliklar yo‘q, hamma do‘stona munosabatda va qonun doirasida ishlamoqda. Bir mandatli okrugdan nomzod borligi haqida ko‘pchillikning xabari yo‘q ekan. Eng qizig‘i, albatta, saylov uchastkalari yopilganidan keyin bo‘ladi. O‘zbekistondagi saylovchilarning javobgarlik burchi yaxshi taasurot qoldirdi. Ba’zilar tong soat 8 da yetib kelgan. Bu yerda saylov kuzatuvchisi borligi ham ko‘pchillik uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi”, — dedi Drabkin.
“Men Rossiya kelajagi uchun ovoz berdim, Rossiya kelajakda qudratli mamlakat bo‘lishi uchun”, — dedi Ubaydullo Yakubov ismli saylovchi.
“Hamma juda xushmuomala, barcha savollarga javob berishdi. Men Rossiya uchun eng yaxshi nomzodlarga ovoz berdim, lekin sirni ochmayman”, — dedi Larisa Shvetsova.