Duma saylovida qatnashish uchun O‘zbekistonda uch saylov bo‘limi ochiladi

© Sputnik / Kirill Kuxmar / Mediabankka o‘tishRossiyada yagona saylov kuni
Rossiyada yagona saylov kuni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
18 sentabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Rossiya Davlat dumasi saylovi vaqtida, O‘zbekistonda bo‘lgan Rossiya fuqarolari ham saylovda qatnashishi mumkin. Ular uchun Toshkent, Farg‘ona va Navoiy shaharlarida saylov bo‘limlari ochiladi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zubekistonda yashayotgan Rossiya fuqarolari uchun saylov bo‘limlari Toshkent, Farg‘ona va Navoiy shaharlarida ochiladi, deb xabar bermoqda Toshkentdan Rossiya elchixonasi.

“Rossiya elchixonasi huzurida uch saylov bo‘limi ochiladi: Toshkentda, Farg‘onada va Navoiyda”, — deyilgan elchixona tarqatgan xabarda.

Diplomatik vakolatxona xabariga ko‘ra, Toshkentdagi saylov bo‘limi elchixona binosida joylashgan bo‘ladi. Qolgan bo‘limlar manzili keyinroq xabar qilinadi.

Markaziy saylov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya fuqarolari uchun Davlat dumasi sayloviga ovoz berish dunyoning 147 mamlakatida tashkil qilinadi. Ularning aksariyati Rossiyaning chet eldagi 235 elchixona va konsullik binolarida joylashgan bo‘ladi.

2016 yilning 1-yanvari ma’lumotlariga ko‘ra, saylov huquqiga ega bo‘lgan, chet elda doimiy yashovchi, konsullik hisobida turgan Rossiya fuqarolari soni 1 903 855 kishini tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0