TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Ukraina vakili MDH rahbarlari kengashiga kiritilmagani munosobati bilan Ukraina Tashqi ishlar vazirligi MDH ijroiya qo‘mitasiga norozilik notasi yubordi.
“Ukrainning Qirg‘izistondagi elchisi Nikolay Doroshenko MDH rahbarlarining tor doiradagi kengashida qatnashish huquqidan mahrum qilinganidan va MDH rahbarlarining keng doira uchrashuvi vaqtida MDH Ijroiya qo‘mitasi tomonidan uning ish faoliyatini cheklashga bo‘lgan urinishlardan, xususan, yakuniy qarorlarni imzolash vaqtida, Ukraina g‘azablandi”, — deyilgan muassasa xabarida.
Shuningdek TIV, 2017-yilning 1-yanvaridan MDHga raislik navbati Rossiyaga o‘tishidan Ukraina qattiq norozi ekanligini ham xabar qilgan.
2014 yilning fevralida Ukrainada hukumat o‘zgarganidan keyin, yangi rahbariyat MDHda a’zolikdan voz kechishini e’lon qilgan, va o‘sha yilning noyabrida Kiyev MDH ijroiya qo‘mitasidan mamlakat vakili Anatoliy Dronni chaqirib olgan edi.
2015 yilning o‘rtasida Ukraina TIV vakili Pavel Klimkin mamlakatning MDHdan chiqishi maqsadga muvofiq emas, Kiyev MDHni o‘ziga biror nima kerak bo‘lganda “ishlatadi” degan edi.
Belorussiya prezidenti Aleksandar Lukashenko fikriga ko‘ra, Ukraina MDH umumiy bujdetini moliyalashtirishdan voz kechgan bo‘lsada, ularning o‘z xoxishi bilan MDHdan chiqishini kutish kerak emas.