Bishkekda MDH rahbarlari kengashi boshlandi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMDH rahbarlari 25 sammiti
MDH rahbarlari 25 sammiti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlari avval tor doirada uchrashib to‘rt masala bo‘yicha fikr almashadilar, keyin kengaytirilgan tartibda qolgan masalalar ko‘rib chiqiladi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Ayni damda Bishkekda MDH davlat rahbarlarining tor doiradagi  kengashi boshlandi.

Uchrashuv kun tartibiga to‘rt masala kiritilgan: MDH 25-yilligiga bag‘ishlangan Hamdo‘stlik rahbarlarining bayonoti, MDHni zamon talablari darajasiga keltirish, MDHda raislik masalasi va MDH rahbarlarining navbatdagi kengashini o‘tkazish haqida.

2017 yilda Hamdo‘stlikka rahbarlik qilish navbati Rossiyaga o‘tadi. Ushbu munosabab bilan Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov navbatdagi sammitni oktabrda Moskvada o‘tkazishni taklif qilgan edi.

Sammit doirasida MDH kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tishi va unda umumiy hisobda 15 masalaga doir hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0