Bugun Rossiyada yagona saylov kuni

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRossiyada yagona saylov kuni
Rossiyada yagona saylov kuni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu safargi saylovda 14 partiya qatnashmoqda. Parlamentda o‘rin olish uchun, saylovchilarning kamida 5% ovoziga ega bo‘lish kerak.

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Bugun Rossiyada yagona saylov kuni. Rossiya fuqarolari Davlat Dumasining yangi tarkibini tanlamoqda. Qrim va Sevastopol aholisi uchun bu birinchi saylovdir.

Rossiyada yagona saylov kuni - Sputnik O‘zbekiston
Duma saylovida qatnashish uchun O‘zbekistonda uch saylov bo‘limi ochiladi

Umumiy hisobda Davlat Dumasi saylovida 111,5 mln saylovchi qatnashadi, jumladan chet elda bo‘lga Rossiya fuqarolari ham. Markaziy saylov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning 147 mamlakatida saylov uchastkalari tashkil qilingan. Ularning aksariyati Rossiyaning chet eldagi 235 elchixona va konsullik binolarida joylashgan bo‘ladi. O‘zbekistonda ham Toshkent, Farg‘ona va Navoiy shaharlarida saylov uchastkalari ishlaydi.

Bu yilgi saylovlar boshqalaridan farq qiladi. O‘tgan saylovda faqat 4 partiya qatnashgan bo‘lsa,  bu safar saylovchilar 14 partiyadan birga ovoz berishi kerak. Partiyalar parlamentdan o‘rin olish uchun, saylovchilarning eng kamida 5% ovoziga ega bo‘lish kerak.

Saylovda 5%dan ko‘p ovoz olgan partiyalar nomzodlarining yarmi partiya tomonidn taklif qilingan ro‘yxatlarga asosan tanlanadi, ikkinchi yarmi esa bir mandatli okruglarda saylov o‘tkazish usuli bilan tanlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0