O‘zbekistonda ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

© StringerIchki ishlar avtomobili
Ichki ishlar avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunga qadar O‘zbekistonda ichki ishlar va huquq-tartibot organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yaxlit qonun amalda mavjud emasdi.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisida “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonun O‘zbekiston Prezidenti imzolaganidan va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

"Shu paytga qadar O‘zbekistonda ichki ishlar va huquq-tartibot organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yaxlit qonun amalda mavjud emasdi. Endilikda qonunchilik bazamizdagi bu bo‘shliq to‘ldirildi", — dedi senator Oral Ataniyazova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qonun hujjatida ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari, ularning vakolat va majburiyatlari, ushbu muassasalarda xizmat qilish tartibi va shartlari, xodimlarning huquqiy va ijtimoiy muhofazasi aks etgan. Xususan, ichki ishlar xodimlarining o‘qotar quroldan foydalanishlari ham qonun asosida tartibga solingan.

2015 yil dekabrida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ichki ishlar organlari haqida qonunning mavjud emasligini ko‘rsatib o‘tgandi. Davlat rahbari huquq-tartibot va nazorat organlari ustidan qilingan shikoyatlarning har beshinchisi ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy harakatlariga oidligini ta’kidlagandi.  

Yangiliklar lentasi
0