BMT Bosh assambleyasi delegatlari Islom Karimov xotirasini yod etdilar

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishBMT Xavfsizlik kengashi
BMT Xavfsizlik kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 16-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 71-sessiyasining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibining birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlandi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Bosh Assambleya 71-sessiya raisi Piter Tomson va BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, hurmat bajo keltirish bilan tadbirni ochdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Xabarda aytilishicha, Pan Gi Mun o‘z nutqida Islom Karimov oilasi va O‘zbekiston xalqiga samimiy ta’ziya bildirgan.

BMT Bosh Assambleyasi zali - Sputnik O‘zbekiston
BMT majlisi Islom Karimov xotirasi hurmatiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlanadi
"Islom Karimov O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlarni amalga oshirdi. Mustaqillik yillarida mamlakat mingyillik rivojlanish maqsadlarini bajarishda muhim yutuqlarga erishdi va barqaror rivojlanishning yangi vazifalarini qo‘llab-quvvatladi. Davlat rahbari rahnamoligida mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga ulkan hissa qo‘shildi. Islom Karimov tomonidan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to‘g‘risidagi tashabbus ilgari surilgani va uning 2009-yilda kuchga kirgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Men Birlashgan Millatlar Tashkiloti va, shu jumladan, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazning O‘zbekiston va uning atrofida tinchlik, taraqqiyot hamda inson huquqlarini ta’minlash yo‘lida mamlakat bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish tarafdori ekanligini tasdiqlayman.

Islom Karimovning bevaqt hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan mening chuqur ta’ziyamni yana bir bor qabul qilgaysiz", — deb ta’kidlagan o‘z nutqida Pan Gi Mun.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Islom Karimov mamlakat uchun eng murakkab davrda katta ishlarni amalga oshirib ketdi
O‘z navbatida, BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasining raisi Piter Tomson O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining bevaqt hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan mamlakat xalqi va hukumatiga chuqur ta’ziya bildirgani barobarida Islom Karimov mamlakatning zamonaviy tarixini hayotga tatbiq etganini alohida ta’kidlagan. "O‘zbekiston butun dunyo uchun har doim muhim chorraha bo‘lgan", — dedi BMT Bosh Assambleyasi joriy sessiyaning yangi saylangan rahbari.

Yig‘ilish chog‘ida Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha beshta mintaqaviy guruhi (Osiyo, Afrika, Sharqiy Yevropa, Lotin Amerikasi va Karib mintaqasi, G‘arbiy Yevropa) vakillari ishtirok etgan. Unda delegatlar O‘zbekiston hukumati va xalqiga chuqur hamdardlik bildirar ekan, Islom Karimov o‘z davlatining xaqiqiy yetakchisi ekani va zamonaviy o‘zbek davlati tarixidagi ulkan muvaffaqiyatlar uning nomi bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidladiganlar.

Shuningdek, O‘zbekiston Islom Karimov rahnamoligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga imkoniyat yaratuvchi tashqi siyosatni olib borgani ham alohida qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0