BMT majlisi Islom Karimov xotirasi hurmatiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlanadi

© TIMOTHY A. CLARY / AFPBMT Bosh Assambleyasi zali
BMT Bosh Assambleyasi zali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
hu yil 16-sentabr kuni o‘tkaziladigan BMT Bosh Assambleyasining birinchi yalpi majlisi kun tartibining asosiy bandlaridan biri "O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish" bo‘ladi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti majlisi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi hurmatiga bir daqiqa sukut saqlash bilan ochiladi, deb xabar qilgan "Jahon" AA.

Tadbir chog‘ida BMT besh mintaqaviy guruhi (Osiyo mamlakatlari, Afrika, Sharqiy Yevropa, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, G’arbiy Yevropa guruhlari) nomidan, shuningdek, mezbon mamlakat sifatida AQSh hamda O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan chiqishlarning tinglanishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz: BMT Bosh Assambleyasi tarkibiga dunyoning 193 mamlakati kiradi.

Yangiliklar lentasi
0