TOShKENT, 17 sen — Sputnik. AQShning odamlar tasavvurida Rossiyani "yovuzlik imperiyasi" sifatida qayta tiklash singari urinish aks samara berishini aytib o‘tdi, deb xabar qilgan RIA Novosti.
"AQShdagi prezidentlik saylovlari kampaniyasi davomida Rossiya va Rossiya prezidentidan foydalanish holatiga keladigan bo‘lsak, bu Rossiyaning mavqeyi va ahamiyati kundan kunga o‘sib borayotgani bilan bog‘liq, deb hisoblayman. Lekin, fikrimcha, bu eng avvalo mamlakat ichida jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishga urinish bo‘lsa kerak. Ko‘rib turibmizki, AQShda Rossiyani "yovuzlik imperiyasi" sifatida ko‘rsatishga harakat kuchli. Ular bu usul bilan xalqni qo‘rqitmoqchi bo‘lyapti. Bu juda qo‘pol harakat, deb o‘ylayman va aks samara beradi nazarimda", — dedi Putin jurnalistlar savoliga javob berar ekan.