Atambayev: o‘g‘ri-vazir bo‘lgandan ko‘ra, farrosh bo‘lgan afzal

© IA "Jaxon"/ Anvar IlyasovQirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bishkekdagi qarorgohida bu yilgi maktab bitiruvchilariga oltin sertifikatlarni topshirgan Qirg‘iziston prezidenti maktabda "a’lo" baholarga o‘qiganini, institutda vaqtiligida esa pul topish ilinjida kechalari ishlashga majbur bo‘lgani uchun, o‘qishga vaqti qolmagani haqida so‘zladi.

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘g‘ri-vazir bo‘lgandan ko‘ra, farrosh bo‘lgan yaxshi, deb ta’kidladi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Nashrda yozilishicha, Bishkekdagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan maktab bitiruvchilariga oltin sertifikatlarni topshirish marosimida Almazbek Atambayev maktabda "a’lo" baholarga o‘qigani, institutda esa pul topish ilinjida ishlashga majbur bo‘lgani uchun, o‘qishga vaqti qolmagani haqida gapirgan.

"Ba’zi bir vazirlarning "ana, falonchi farrosh bo‘lib ishlayapti", degan gapi qulog‘imga chalinadi goh-goh. Nima deyishim mumkin: men ham vaqtida dvornik, yuk tashuvchi, o‘toqar bo‘lib ishlaganman. Mehnatning aybi yo‘q. Menimcha, o‘g‘ri-vazir bo‘lgandan ko‘ra, farroshlik yoki dvorniklik qilgan durust. Hech qachon biror mehnatdan or qilmang, har qanday mehnat — faxr", — deya ta’kidlagan Atambayev.

Yangiliklar lentasi
0