MDH davlat rahbarlariga imzolash uchun 16ta hujjat taqdim etildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMDH TIV kengashi majlisi
MDH TIV kengashi majlisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida Hamdo‘stlik sammiti ko‘rib chiqishi uchun 16ta hujjat taqdim etildi, deb xabar beradi RIA Novosti Qirg‘iziston TIV matbuot xizmatiga tayanib.

MDH TIV kengashi Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev raisligida o‘tdi.

MDX davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi bo‘lib o‘tmoqda

"MDH davlat rahbarlariga imzolash uchun 16ta hujjat taqdim etilmoqda. Xususan, Hamdo‘stlik tashkil etilganligining 25-yilligi munosabati bilan MDH davlatlari rahbarlarining bayonoti, xalqaro terrorizmga qarshi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, Nyurnberg tribunali yakunlanganligining 70-yilligi, jahondagi giyohvandlik muammosi, Hamdo‘stlikning zamonaviy voqelikka moslashishi bo‘yicha hujjatlar o‘rin olgan", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2017-yilgi MDH raisligi bo‘yicha masala davlat rahbarlari e’tiboriga havola qilingan. Moldaviyaning rad etishi bois raislik Rossiyaga o‘tadi. Bundan tashqari, 2020-yilda MDH davlatlarida aholini ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish, 2017-yilni Oila yili, 2018-yilni MDH madaniyat yili deb e’lon qilish, 2017-yilda Ozarbayjonda “Hamdo‘stlikning madaniyat poytaxtlari” davlatlararo dasturini amalga oshirish masalalari ham kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0