Bishkekda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMDX davlatlari bayroqlari
MDX davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirlari kengashida MDH faoliyati va dolzarb xalqaro muammolarga doir bir necha muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Bugun Bishkekda MDH Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Vazirlar dastavval tor doirada urashib bir qator masalalarni muhokama qilishdi. Kunning ikkinchi yarmida majlis kengaytirilgan tartibda davom ettiriladi.

Rossiya TIVi xabariga ko‘ra, bugungi Tashqi ishlar vazirlari kengashida 16 ta masala ko‘rib chiqiladi. Ular orasida MDHning 25-yilligiga doir bayonnomalar, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash masalalari, Nyurnberg tribunali yakunlanishining 70-yilligi va dunyoda narkotik moddalar tarqalishi muammolariga doir masalalar bor.

Ayni damda ma’lum bo‘lishicha, keyingi yilda TIVK kengashi Toshkentda bo‘lib o‘tishi belgilandi.

“Tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi kengashi 2017-yilning 7-aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tadi”, — dedi  MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev.

Lebedev, shuningdek, MDH davlat rahbarlari tomonidan taklif qilingan terrorchilikka qarshi kurash va MDHni zamon talablariga moslashtirish takliflari qabul qilinganini aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0