TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya g‘arb sivilizatsiyasining “boshiga chiqib” olmoqchiiligin aytdi, deb xabar beradi RIA Novosti. U Kiyevdagi Yalta Yevropa strategiyasi sammitida shunday deb aytgan.
Poroshenkoning aytishicha, Rossiya G‘arbning “koordinatalar tizimi”ni "yevroskeptitsizm", "antiamerikanizm" va "izolyatsionizm" yordamida buzib tashlashga urinmoqda, deb xabar berdi "112 Ukraina" telekanali.
Ukraina prezidentining fikricha, Rossiya g‘arb davlatlarida “milliy xudbinlik” va integratsiyalashuvdan “charchash”ni qo‘llab-quvvatlashga urinmoqda.