TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.M.Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 2016-yilning 16-sentabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi ishida ishtirok etadi, deyiladi xabarda.
"O‘zbekiston nomidan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tashrif buyuradi. Bugun biz Shavkat Mirziyoyevdan iliq so‘zlar bitilgan maktub oldik. Mirziyoyevning qatnasha olmasligi ikki tomonlama munosabatlarimiz sababli emas, balki O‘zbekistonning ma’lum ichki ishlari – saylovlar bilan bog‘liq", — deya fikr bildirgan edi bu borada Qirg‘iziston prezidenti devonining tashqi siyosat bo‘limi mudiri Sapar Isakov.