TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti ishlarini boshqaruvchi Turuspek Koyenaliyev jurnalistlarga MDH sammiti doirasida oliy darajali mehmonlar qayerda kutib olinishi va joylashtirilishini ko‘rsatdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Koyenalivga ko‘ra, sammit arafasida "Ola-Archa" qarorgohida Qabullar uyi qurilgan. Bino qurilishi joriy yilning fevral oyida boshlangan bo‘lib, avgust oyida to‘liq bitkazilgan va topshirilgan. Inshoot tashqi tomondan qirg‘iz o‘toviga o‘xshab ketadi.
Ma’lum qilinishicha, Qabullar uyining umumiy maydoni 1,5 ming kvadrat metrni tashkil qilgan.
"Bu yerda to‘rtta zal mavjud. Binoning pastki qavatida — texnik xonalar: hojatxona, oshxona, boshqaruv markazi, yechinish xonasi va sakkiz kabinkadan iborat sinxron tarjima markazi joylashgan", — deya ta’kidlab o‘tdi prezident ishlari boshqaruvchisi.
U, shuningdek, davlat rahbarlari davlat qarorgohi hududidagi mehmon uylarida joylashtirilishini ma’lum qildi.
Koyenaliyevning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar tantanali qabuli uchun taomnoma ularning har biri xohish-istagiga qarab tuzilgan ekan. Menyudan spirtli ichimliklar va hatto pivo ham o‘rin olgani aytilmoqda.