Sapar Isakov: MDH sammiti doirasida surpriz bo‘ladi

© Sputnik / Viktor TolochkoMDH davlatlari bayroqlari
MDH davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlab yetakchilarning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi: unda faqatgina davlat boshliqlari va Moldova, O‘zbekiston, Ukraina hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etadi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari vakillarining uchrashuvi qanday o‘tishi haqida Qirg‘iziston prezidenti devonining tashqi siyosat bo‘limi mudiri Sapar Isakov ma’lum qildi, deb xabar beradi Sputnik Qirg‘iziston.

Sammit 16-sentabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tadi. Isakovning aytishicha, “unda hech qanday g‘ayritabiiy narsa bo‘lmaydi".

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev nega MDH sammitiga bormasligi ma’lum bo‘ldi

"Dastlab yetakchilarning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi: unda faqatgina davlat rahbarlari va Moldova, O‘zbekiston, Ukraina hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etadi. So‘ngra keng doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng Sergey Lebedev (MDH ijroiya qo‘mitasi raisi) matbuot uchun bayonot beradi. Keyin esa sammit munosabati bilan rasmiy qabul o‘tkaziladi", — dedi Isakov.

U 17-sentabr kuni prezidentlarning norasmiy uchrashuvlari bo‘lib o‘tishini aytar ekan, yana bir tadbir ishtirokchilar uchun surpriz bo‘lishini qo‘shib qo‘ydi.

Yangiliklar lentasi
0