TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Amerikaning ABC7 telekanali boshlovchisi Jo Torres to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton vafoti haqida xabar qilgan. Diktorning yanglish xabari Mediaite portalida e’lon qilingan. RIA Novosti xabari asosida.
Boshlovchi yangiliklarni "Xillari Klintonning vafoti" haqidagi tezkor xabar bilan boshlagan va shundan so‘ng mediklar prezidentga nomzodga "o‘pka shamollashi" tashxisini qo‘yishgani haqida qo‘shimcha qilgan.
Torres hozirga qadar siyosatchi o‘limi haqidagi xabarga hech qanday izoh bermayapti, telekanal ham bu hodisa borasida sukut saqlamoqda.
11 sentabrda sodir etilgan terakt qurbonlarini xotirlash marosimida Klinton o‘zini behuzur his qilgan.
Ushbu hodisaga qadar Klinton tarafdorlari AQSh va mamlakat hududidan tashqarida ham keng jamoatchilik fikrini Xillari Klintonning sog‘lig‘i mavzusidan chalg‘itishga harakat qilib kelishgan.