TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Xitoy og‘ir atletika assotsiatsiyasi Olimpiya o‘yinlarida qatnashuvchi xitoylik sportchilar bilan bog‘liq doping voqealari sababli bir yilga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin deb xabar beradi RIA Novosti APning Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasidan (IWF) olgan xabariga asoslanib.
Ilgariroq 2008-yilgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan doping tekshiruvi ijobiy chiqqan og‘ir atletikachilar soni qayta tekshiruvdan keyin 25 nafarga yetgani, ular orasida 7 mamlakatning 16 medalchisi borligi ma’lum qilingandi. Shuningdek, uch nafar xitoylik og‘ir atletikachi ayol: Lyu Chunxun, Sao Ley va Chen Sesaning (ularning barchasi Pekin-2008 chempionalari) doping tekshiruvi ham ijobiy chiqqan.
IWF agar sportchi ayollarning aybi isbotlansa, Xitoy og‘ir atletika assotsiatsiyasi avtomatik ravishda bir yilga diskvalifikatsiya qilinishini tasdiqladi.