MDH sammitida Abdulaziz Kamilov ishtirok etishi rasman ma’lum qilindi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ushbu sammitda ishtirok etmasligi haqida xabar tarqalgandi.

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 16-sentabr kuni MDH rahbarlarining 25-sammiti bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi mazkur sammitda O‘zbekiston tomonidan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etishi haqida ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev nega MDH sammitiga bormasligi ma’lum bo‘ldi

“2016 yilning 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etadi”, deyiladi TIV saytida.

Ilgariroq O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ushbu sammitda ishtirok etmasligi haqida xabar tarqalgandi.

Yangiliklar lentasi
0