Ilhomjon Ne’matov TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi etib tayinlandi

© MID UzbekistanaO‘zbekiston TIV binosi
O‘zbekiston TIV binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ne’matov TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi lavozimida 2013-yil avgustdan 2014-yil iyuligacha faoliyat olib borgan, so‘ngra O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning qaroriga binoan nafaqaga chiqayotganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligining saytida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Qarori bilan Ilhomjon Ne’matov TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi etib tayinlanganligi ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev hukumat tarkibini o‘zgartirishni boshladi

"2016 yilning 14-sentabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Qarori bilan TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi lavozimiga tayinlangan  Ilhomjon Ne’matovni tanishtirdi”, deyiladi TIV saytida chop etilgan xabarda.

Ne’matov TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi lavozimida 2013-yil avgustdan 2014-yil iyuligacha faoliyat olib borgan, so‘ngra O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning qaroriga binoan nafaqaga chiqayotganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi. Bungacha u O‘zbekistonning AQShdagi elchisi, Rossiyadagi diplomatik missiya rahbari, respublika tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0