Mirziyoyev nega MDH sammitiga bormasligi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston nomidan yubiley sammitida tashqi ishlar vaziri ishtirok etadi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida O‘zbekiston Respublikasi nomidan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ishtirok etadi, deb ma’lum qildi Qirg‘iziston prezidenti devonining tashqi siyosat bo‘limi mudiri Sapar Isakov matbuot anjumanida, Sputnik Qirg‘izistonga asosan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining yig‘ilishi 16-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Isakov sammitda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston prezidentlari ishtirok etishlarini tasdiqlaganliklarini ma’lum qildi. Turkmaniston nomidan vazirlar mahkamasi rahbarining o‘rinbosari, Moldovadan bosh vazir, Ukraina nomidan esa elchi qatnashadi.

MDH rahbarlari uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
MDH sammitida diqqat O‘zbekistonga qaratilgan bo‘ladi

"O‘zbekiston nomidan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tashrif buyuradi. Bugun biz Shavkat Mirziyoyevdan iliq so‘zlar bitilgan maktub oldik. Mirziyoyevning qatnasha olmasligi ikki tomonlama munosabatlarimiz sababli emas, balki O‘zbekistonning ma’lum ichki ishlari – saylovlar bilan bog‘liq", — dedi Isakov.

MDH yubiley sammitida 15ta masala muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0