TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Bir oz ilgari O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev hukumat tarkibiga o‘zgartirishlar kiritgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 13-sentabrdagi farmoniga ko‘ra O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov rahbarlik qiladigan kompleks mas’ul bo‘lgan sohalar soni oshdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati portalida xabar qilinmoqda.
Farmonga binoan Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, ta’lim va fan masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.
Shu munosabat bilan Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etilgani xabar qilinadi portalda.