Yangi qonun: Turkmanistonda endi yoshi 90 dan oshganlar ham prezident etib saylana oladi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishTurkmaniston prezidenti saroyi
Turkmaniston prezidenti saroyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston Majlisi (parlamenti) chorshanba kuni prezidentlikka nomzodlar uchun yosh cheklovini bekor qilgan yangi konstitutsiyani bir ovozdan qabul qildi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik, Amangeldi Nurmuradov. Shuningdek, Turkmanistonning yangi konstitutsiyasiga binoan prezidentlik muddati 7-yilgacha uzaytirildi. 

Turkmanistonda yangi Konstitutsiyani qabul qilish uchun ovoz berish Turkmaniston Oqsoqollar kengashi yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Respublika prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov yig‘ilishda ushbu qonunga imzo chekdi va shu paytdan boshlab hujjat qonuniy kuchga kirdi, deyiladi xabarda.

"Turkmanistonning yangi Konstitutsiyasini qabul qilish — mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tganidan dalolatdir. Yangi Konstitutsiyamiz xalqaro huquqning tan olingan normalari asosida xalqaro qonunchilik tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan", — deya ta’kidlagan Turkmaniston Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi Konstitutsiyaga muvofiq, Turkmanistonda tug‘ilgan, 40 yoshdan kichik bo‘lmagan va 70 yoshdan oshmagan inson Turkmaniston prezidenti etib saylanish huquqiga ega edi. Ayni vaqtda qabul qilingan Bosh qonunda "70 yoshdan oshmagan" degan jumla olib tashlangan.

Turkmanistonda oxirgi marta prezident saylovlari 2012-yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan. 2008-yil sentabr oyida qabul qilingan Konstitutsiyaga muvofiq, navbatdagi prezident saylovi 2017-yil fevral oyida o‘tkazilishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0