TOShKENT, 11 mar — Sputnik. AQSh prezidentining fikricha, Vladimir Putin “o‘ta xushmuomala va samimiy”, u AQSh bilan munosabatlarga, aksariyat amerikaliklar o‘ylaganidan ham ziyod ahamiyat qaratadi. Ammo maqtov so‘zlar bilan bir qatorda, Obama navbatdagi bor Moskvaning jahondagi obro‘yi oldingidekmasligini ta’kidlab o‘tdi, RIA Novosti xabari asosida.
"Barcha uchrashuvlarimiz davomida Putin nihoyatda xushmuomala va o‘ta samimiy bo‘ldi. Uchrashuvlarimiz faqat ish yuzasidan o‘tgan. U meni, xuddi ko‘pchilikni kabi, hech qachon kuttirib qo‘ymagan", — dedi Obama.
Shuningdek, Oq uy rahbari, Rossiya prezidenti AQSh bilan o‘zaro munosabatlarga, aksariyat amerikaliklar o‘ylaganidan ham ko‘ra kuchliroq ahamiyat qaratishini ta’kidlab o‘tdi.
"U biz bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor va Rossiyani AQSh hamkoridek qabul qilishlari uchun harakat qilmoqda, bu esa Putinning unchalik ahmoq emasligidan dalolat beradi. Putin Rossiyaning bugungi kundagi mavqeyi kechagidek emasligini, ancha pasayganini anglaydi, albatta”, — qo‘shimcha qildi Obama.
Barak Obama bu kabi gaplarni birinchi marta aytayotgani yo‘q. 2014-yilning bahorida, u, Rossiya —“regional davlat”, degan jumlani aytgan edi.