MDH sammitida diqqat O‘zbekistonga qaratilgan bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishMDH rahbarlari uchrashuvi
MDH rahbarlari uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston va Belorussiya rahbarlari MDH sammitida qatnashishni tasdiqlashdi. O‘zbekiston ham ushbu sammitga kelishi kutilmoqda.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Beshkekda 16-sentabrda bo‘lib o‘tilishi kutilayotgan MDH rahbarlarining 25 sammiti tarixiy yo‘nalishda bo‘ladi, deb hisoblaydi siyosatshunos Kubanichbek Taabaldiyev.

Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston va Belorussiya rahbarlari MDH rahbarlari sammitida qatnashishni tasdiqlashdi. O‘zbekiston rahbariyati ham ushbu uchrashuvga kelishi kutilmoqda. Moldovadan bosh vazir, Ukrainadan – mamlakat elchisi, Turkmanistondan Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari qatnashishi kutilmoqda.

Taabaldiyev Sputnik Kirgizstanga aytishiga qaraganda, ushbu uchrashuv MDH hayotida sobiq Ittifoq o‘ynayotgan ulkan ahamiyat dalili bo‘ladi.

“Albatta yubiley keng nishonlanmaydi, lekin bundan uning ahamiyati kamayib qolmaydi. Undan tashqari, respublikalar orasidagi munosobatlar Hamdo‘stlik sharafi bilan yanada jipslashgan ittifoqlarga aylandi”, — dedi Taabaldiyev.

Oxirgi bir necha kun ichida bo‘lib o‘tgan voqealarni nazarda tutgan holda, uchrashuvda hammaning diqqati O‘zbekistonga qaratilgan bo‘ladi, deydi siyosatshunos.

“Hududda yetakchi bo‘lgan mamalkatlardan biri, G‘arb, Xitoy va Rossiya ta’sir doirasida ekanligi hammaga ma’lum. Kreml qo‘yayotgan qadamlarga qaraganda, sammitda O‘zbekistonni MDH doirasida yanada yaqinroq munosabatlarga jalb qilishga, balkim YeOIIga yoki KXShTga chorlashga urinib ko‘riladi”, — deydi Kubanichbek Taabaldiyev.

Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda siyosiy rahbar aniqlanish jarayonida bo‘lgani tufayli, sammitda qatnashishi haligacha aniq emas.

“Ukraina nomidan prezident emas elchi qatnashayotgani tufayli, munosabatlar yaxshilanishiga umid qilib bo‘lmaydi. Nima bo‘lganda ham, Hamdo‘stlik faoliyati davom etmoqda va Yevroosiyo hududidagi siyosat shakllanishida muhim rol o‘ynab, davlatlar orasida yanada kuchliroq aloqalar o‘rnatilishiga asos bo‘lmoqda.

Yangiliklar lentasi
0