Nyu-York prokuraturasi Tramp jamg‘armasini tekshira boshladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishDonald Tramp Moskvada
Donald Tramp Moskvada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vaziyat bilan tanish manbaning ma’lum qilishicha, prokuratura Trampning jamg‘armasini yaqinda ma’lum bo‘lgan shubhali operatsiyalar tufayli tekshirmoqda.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Nyu-York bosh prokurori Erik Shnayderman AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning xayriya jamg‘armasi ustidan tekshiruv boshladi, deb xabar berdi RIA Novosti Politico nashriga asoslanib.

Tekshiruv fondning Nyu-York shtatidagi xayriya faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarga rioya etayotganini aniqlash maqsadida o‘tkazilmoqda, dedi prokuror.

Vaziyat bilan tanish manbaning ma’lum qilishicha, prokuratura Trampning jamg‘armasini yaqinda ma’lum bo‘lgan shubhali operatsiyalar tufayli tekshirmoqda.

Trampning shtabi esa o‘z navbatida prokuror tekshiruvi saylov kampaniyasi bilan bog‘liqligini bildirdi. Shtab vakili Stiven Chung Shnayderman "yillar davomida Klintonlar jamg‘armasiga ko‘z yumib kelganligini” ta’kidladi va prokurorning harakatini Xillari Klinton bilan bog‘liq yaqindagi holatdan chalg‘itishga urinish deb baholadi.

Milliarder Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp AQShdan nolegallarni va Xillari Klintonni deportatsiya qilishga so‘z berdi

Reyter agentligining ma’lumotiga qaraganda, Shnayderman Klintonning tarafdori hisoblanadi.

Ilgariroq Tramp Klinton jamg‘armasini (Clinton Foundation) "siyosat tarixidagi eng korrupsiyalashgan tashkilot" deb atagandi. Uning aytishicha, Bill va Xillari Klintonlar "o‘nlab yillar davomida o‘z cho‘ntaklarini qappaytirishgan va amerikaliklar emas, o‘z homiylari haqida qayg‘urishgan".

Yangiliklar lentasi
0