TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Termez tuman sudida MXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan Afg‘onistonlik og‘ir narkotik moddalar tashuvchi ustidan sud bo‘lib o‘tdi.
“Sud vakilining Sputnik muxbiriga bergan xabariga ko‘ra, Afg‘onistonning Jauzjan viloyati, Akcha uyezdi Mingajik aholi punktida yashovchi Xudoyqul Jabbor ug‘li, bir necha hamurtlari bilan birgalikda O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatiga Amudaryo orqali 5 kilogramm ko‘knor shirasi olib o‘tmoqchi bo‘lgan”, — deyilgan xabarda.
Narkotik moddalar tashuvchi O‘zbekiston MXX xodimlari tomonidan aniqlanib qo‘lga olingan. Tintuvdan o‘tkazilganda, uning yonidan o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan, to‘q jigarrang modda solingan polietilen paket topilgan. O‘tkazilgan ekspertizada ushbu modda yuqori sifatli ko‘knor shirasi ekanligi ma’lum bo‘lgan.
O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ushbu fuqaro bundan oldin ham yana bir kontrabanda ishiga aloqador bo‘lganligi aniqlangan. Oldingi safar uning yonidan 5 kilogramm 655 gramm ko‘knor shirasi topilgan edi. Sudda Xudoyqul Jabbor o‘g‘li o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Jinoyatchi 17-yilga ozodlikdan mahrum qilindi.