TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi, deb xabar berdi hukumat matbuot xizmati.
Uchrashuv 3-sentabr kuni Qirg‘iziston bosh vazirining O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning dafn marosimiga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Mirziyoyev Qirg‘iziston hukumati rahbariga Islom Karimovning ta’ziyasida ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Bosh vazirlar savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jalik sohasi, transport infratuzilmasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Chegara borasidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov juma kuni vafot etdi va shanba kuni Samarqandda dafn etildi. O‘zbekistonda uch kunlik motam e’lon qilindi.