TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Qozog‘iston yetakchisi Nursulton Nazarboyev Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, gul qo‘ydi va O‘zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar berdi RIA Novosti mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayanib.
Ilgariroq Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati Nazarboyevning Samarqandga tashrif buyurgani va Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi rejalashtirilgani haqida ma’lum qilgandi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida insult oqibatida vafot etdi. U o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Samarqand shahrida musulmon odatlari bo‘yicha dafn etildi.