Klintonga "o‘pka shamollashi" tashxisi qo‘yildi

© AFP 2023 / Brendan SmialowskiXillari Klinton
Xillari Klinton - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kasalligi sababli AQSh prezidentligiga nomzod o‘zining Kaliforniyaga xizmat safarini qoldirdi. Klinton 11-sentabr qurbonlarini xotirlash marosimida o‘zini noxush sezgandi.

 

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod, mamlakatning sobiq bosh kotibi Xillari Klinton zotiljam sababli saylovoldi kampaniyasi doirasidagi Kaliforniyaga xizmat safarini qoldirdi, deb xabar beradi RIA Novosti Reyter agentligiga asoslanib.

Klintonning saylov kampaniyasi matbuot kotibi Nik Merrill Klinton Nyu-Yorkdagi 2001-yil 11-sentabrda yuz bergan terakt qurbonlarini yodga olish marosimida o‘zini yomon his qilganini ta’kidladi.

Shifokor Liza Berdakning aytishicha, Klinton bir necha kun davomida yo‘talishdan azob chekkan.

AQSh prezidentligiga nomzod Xilari Klinton va AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Xillari Klinton Tramp AQSh prezidenti bo‘lishga yaroqsiz, deb aytdi

"Muntazam yo‘tal sababli juma kuni o‘tkazilgan tekshiruvdan keyin unga “o‘pka shamollashi” tashxisi qo‘yildi”, deyiladi shifokorning bayonotida.

Shuningdek, Klintonga dorilar yozib berilgani va dam olishi tavsiya etilgani aytiladi.

Klinton xonim 11-sentabr qurbonlarini xotirlash marosimida hushidan ketib qolgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0