Toshkentda chekuvchilarga jarima solinmoqda

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishChekayotgan kishi
Chekayotgan kishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamoat joylarida tamaki mahsulotlari iste’mol qilganlik uchun jarima qo‘llash o‘tgan yilning 30-dekabridan kuchga kirgandi, biroq uning amaliyotda birinchi bor qo‘llanilayotganligi kashandalar uchun kutilmagan holat bo‘ldi.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida jamoat joylarida tamaki chekkanlik uchun jarima solinmoqda. Bunday jarima jazosi Ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘tgan yilning oxirida kiritilgan, biroq amaliyotda endi qo‘llanilmoqda, deb xabar beradi Nuz.uz.

Nashrning xabar berishicha, Toshkentning Mirobod tumanida tamakiga qarshi keng miqyosdagi reyd o‘tkazilgan. Jamoat joylarida tamaki chekayotgan bir necha shaxs huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan jarimaga tortilgan.

Shahar ko‘chasida sigaret chekayotgan erkak. - Sputnik O‘zbekiston
Jamoat joylarida sigaret chekish ta’qiqlandi

Kashandalarning o‘zlari yangi qonun haqida bilsalar ham bunday keskin choralarni kutishmagan.

Jamoat joylarida tamaki mahsulotlari iste’mol qilganlik uchun jarima qo‘llash o‘tgan yilning 30-dekabridan kuchga kirgandi. Unga ko‘ra ish joylari, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, yong‘in xavfi bo‘lgan joylar, jumladan, avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va boshqa jamoatchilik joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismi hajmidagi jarima bilan jazolanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0