Jamoat joylarida sigaret chekish ta’qiqlandi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishShahar ko‘chasida sigaret chekayotgan erkak.
Shahar ko‘chasida sigaret chekayotgan erkak. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamoat joylarida sigaret chekishni ta’qiqlovchi qonun 2012-yilda qabul qilingan edi. Ammo sanksiyalar biriktirilmagani tufayli, ushbu qonun nazorat qilinmasdi.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga o‘zgartirishlar kiritdi. O‘zgartirishlar 30-dekabrdan — “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilingan kundan kuchga kirishi xabar qilinmoqda.

Ish joylarida, tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalarida, shuningdek, maktab, kollej va universitetlar hududida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar bundan mustasno, shuningdek jamoat transportining barcha turlarida tamaki mahsulotini iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunni buzganlar eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarimaga tortiladi.

Bundan tashqari mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori oshiriladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning o‘zgartirish kiritilgan 187 moddasiga muvofiq, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bog‘larda, barcha turdagi jamoat transportida hamda boshqa jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish —

eng kam ish haqining teng yarmi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (ilgari jarima miqdori eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan uchdan bir qismigacha belgilangan edi).

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

eng kam ish haqining teng yarmidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0