Qutqaruvchilar “Angren-Pop” temir yo‘lida mashg‘ulot o‘tkazishdi

Obuna bo‘lish
Qutqaruvchilar, temir yo‘l transporti ishchilari va respublika huquq-tartibot organlari xodimlari “Qamchiq” tunnelida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganida o‘zaro qanday harakat qilish borasida mashg‘ulot olib borishdi.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. “Qamchiq” dovonidagi “Angren-Pop” temir yo‘l uchastkasida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilarning maxsus taktik o‘quv-mashqlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Mashq doirasida qutqaruvchilar tunnelda yo‘lovchi tashuvchi vagonda yong‘in sodir bo‘lganda jalb etiladigan kuch va vositalarning amaliy harakatlarini sinab ko‘rdilar. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etish hamda odamlarni evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulot olib bordilar.

Angren-Pop temir yo‘liga poyezd kelishi - Sputnik O‘zbekiston
Qamchiq dovoni orqali birinchi yo‘lovchi poyezdi o‘tdi

Maxsus-taktik o‘quv mashqi uch bosqichda o‘tkazildi. Har bir bosqich davomida poyezd mashinisti, uning yordamchisi, vagon xodimlari, yong‘inni o‘chirish guruhi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limi shaxsiy tarkibining vagonda yong‘in sodir bo‘lganda amalga oshiradigan harakatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ularning FVV qutqaruvchilari, transport ichki ishlar bo‘limi xodimlari va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ta’mirlash brigadasi bilan yo‘lovchilarni tunnel ichidagi vagonlardan evakuatsiya qilish bo‘yicha birgalikdagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi.

“Angren-Pop” temir yo‘li shu yilning yozida ishga tushirildi, 5-sentabrdan esa Toshkent-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Temir yo‘lining uzunligi 121 kilometr bo‘lib, Qamchiq dovonidan o‘tgan tunnelning uzunligi 19 kilometrni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0