TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Bugun Qamchiq dovoni orqali Toshkent – Andijon yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi poyezdi o‘tdi, bu O‘zbekistonning uzoq vaqt kutilgan orzusi edi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston Temir yo‘llari” matbuot xizmati.
Ushbu loyiha 2013-yilning 18-iyunida, Islom Karimovning "Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishini tashkil qilish chora-tadbirlari" to‘g’risidagi PQ-1985-sonli qarori asosida boshlangan edi.
Uzunligi 123,2 kilometr bo‘lgan yangi, elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi va ushbu loyiha doirasida xitoylik hamkorlar bilan birgalikda uzunligi 19,2 kilometrlik "Qamchiq" tunneli qurib bitkazildi.
Shu o‘rinda Qamchiq dovoni orqali qurilgan temir yo‘l tunel haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tish kerak. Ushbu loyiha tog‘li hududda, o‘ta murakkab sharoitda qurib bitkazildi. Tunnelning kirish va chiqish qismilari orasida 141 metr balandlik farqi bor. Tunnel murakkab relyefli tog‘ qatlamlari orasida, yer stahidan 1200 metr chuqurlikida o‘tgan. Ushbu tunnel aynan shunday sharoitda qurilgan tunnel dunyoda yagona tunnel bo‘ldi.
"Angren – Pop" elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining qurib foydalanishga topshirilishi Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning boshqa xududlari bilan bog‘ladi va yagona milliy temir yo‘llar tizimi yaratish borasidagi rejalarni to‘liq amalga oshirishga zamin yaratdi.
Loyiha belgilangan muddatidan 4 oy ilgari yakunlandi. Temir yo‘l qurilishi davomida 285 sun’iy inshoot va suv o‘tkazish quvurlari, umumiy uzunligi 2,1 km ni tashkil etuvchi 13 ta temir yo‘l ko‘prik va 6 ta yo‘l o‘tkazgichi (puteprovod) 4 ta stansiya va 2 ta vokzal qurib bitkazildi.
Yo‘l qurilishida 3 ming nafar mahalliy quruvchi va muxandislar hamda 1000 nafar xitoylik mutaxassislar ishlashdi. Yangi temir yo‘l 1500 kishini doimiy ish bilan ta’minladi.
“Angren – Pop” yo‘ldan yuk tashuvchi poyezdldar hakarati 11-iyuldan boshlangan edi. Shu bugunga qadar Qamchiq tunneli orqali 500 ming tonnadan ortiq yuklar Farg‘ona vodiysiga va vodiydan respublikaning boshqa xududlariga yetkizib berildi.