TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Rosiya prezidenti Vladimir Putin yangi Moskva Markaziy Halqa yo‘lini birinichi yo‘lovchilari qatorida sinab ko‘rdi.
Vladimir Putin yangi poyezdda “Gagarin Maydoni” bekatidan “Lujniki” bekatigacha sayohat qildi. Poyezd ikki bekat orasidagi masofani 4 minutdan kam vaqt ichida bosib o‘tdi. Putin vagon qulay o‘rindiklar bilan jihozlanganini va shovqinsiz harakatlanishiga e’tiborini qaratdi.
Moskva Markaziy Halqasining uzunligi 54 km bo‘lib, 31 bekatdan tashkil topgan. MMH 17 metro bekati va 9 elektrichka platformalarini bir biri bilan bog‘laydi.
© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishVladimir Putin Moskva Markaziy halqa yo‘li ochilishida qatnashdi
Vladimir Putin Moskva Markaziy halqa yo‘li ochilishida qatnashdi
© Sputnik / Mixail Klimentyev
/