Moskva metropolitenida yangi halqa yo‘l ishga tushdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskva Markaziy halqasi ochilishi
Moskva Markaziy halqasi ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Halqaning uzunligi 54 km bo‘lib, 31 bekatdan tashkil topgan. MMH 17 metro bekati va 9 elektrichka platformalarini bir biri bilan bog‘laydi.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Moskva yo‘lovchi transport tizimida yangi halqa temir yo‘li ishga tushdi. Kecha, 10-sentabr kuni Moskva Markaziy Halqasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangi halqa temir yo‘li asosan yer ustidan o‘tgan bo‘lsada, u Moskva metropoliteni tizimiga kiritilgan. MMHnigng umumiy uzunligi 54 km, bekatlar son 31ta.

Vladimir Putin Moskva Markaziy halqa yo‘li ochilishida qatnashdi - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin Moskva Markaziy halqa yo‘li ochilishida qatnashdi

Birinchi bosqichda, 26 bekat ishga tushadi, qolgan 5ta bekat 2016-yil oxiriga qadar ishga tushishi kerak. 

Yangi halqa yo‘lining 17 bekatida Moskva metropolitenining radial yo‘llari bekatlariga bilan  kesishgan va ushbu bekatlarga o‘tish joylari qurilgan. Hozircha o‘tish joylarining faqat beshtasi yopiq va issiq. Qolgan bekatlarga o‘tish uchun ko‘chaga chiqish kerak.

Markaziy halqa yo‘lida 2016-yilda Qozon, Leningrad, Belorus, Yaroslav va Smolensk yo‘nalishlaridagi elektrichkalar bekatlariga o‘tish joylari quriladi. Kelasi yilda Pavelesk,  Riga, Kursk va Gorkiy yo‘nalishidagi elektrichkalar bilan tutashtiriladi.

Ishga tushganidan bir oy davomida, ya’ni 10-oktabrgacha, yangi halqa yo‘li yo‘lovchilar uchun bepul ishlaydi. Keyin shahar transport tizimidagi "Yediniy", "90 minut", "Troyka" biletlari orqali yo‘l haqi olinadi.

Markaziy halqa yo‘li tong soat 05:30 dan tun 01.00 gacha ishlaydi. Poyezdlar yurish intervali, yo‘lovchilar soniga qarab, 6 minut dan 11-15 minutgacha. Butun halqani aylanib chiqish uchun esa — 75-85 minut vaqt ketadi.

Moskva Markaziy halqasida ES2G "Lastochka" (Siemens Desiro RUS) nomli poyezdlar ishlaydi. Har kuni halqa yo‘lda har biri 5 vagondan iborat bo‘lgan, 30 ta sostav ishlaydi. Poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan Siemens kompaniyasi shug‘ullanadi.

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskva Markaziy Halqasi ochilish
Ofitsialniy zapusk passajirskogo dvijeniya na MSK - Sputnik O‘zbekiston
Moskva Markaziy Halqasi ochilish
Har bir sostav 1200 yo‘lovchi tashish imkoniga ega. “Lastochka”da shuningdek 12ta velosiped olib o‘tish imkoni ham bor. Poyezdlarda klimat-kontrol tizimi, tualetlar, 220V rozetkalar hamda Wi-Fi internet aloqasi ishlaydi. Eshiklar yo‘lovchilar talabiga binoan ochilishi mumkin.

Loyihaning umumiy qiymati 130,3 milliard rublni tashkil qildi. Halqa yo‘li orqali tunda yuk tashish imkoniyati ham saqlanib qolgan. Ayni damda 12 ta yuk platformalari ham ishlab turibdi.

Loyiha qurishdan asosiy maqsad – markaziy temiryo‘l bekatlari va Moskva metropolitenida yo‘lovchilar sonini kamaytirish.

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskva Markaziy Halqasi ochilish
Ofitsialniy zapusk passajirskogo dvijeniya na MSK - Sputnik O‘zbekiston
Moskva Markaziy Halqasi ochilish
Yangiliklar lentasi
0