TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Umumrossiya o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kongressi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash tadbirini tashkillashtiradi, deb xabar qilingan kongress rasmiy saytida.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2 sentabr kuni, 78 yoshida insult oqibatida Toshkent shahrida vafot etdi. Marhum o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar — Samarqandda, tarixiy Shohi-Zinda qabristonida musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi.
O‘zbekiston rahbarini so‘nggi manzilga kuzatish uchun O‘zbekistonga 17 mamlakat delegatsiyalari yetib keldilar.
3 sentabr kuni o‘tkazilgan dafn marosimida Rossiya tomondan Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
6 sentabr kuni Islom Karimov qabrini ziyorat qilish va marhumning yaqinlariga hamdardlik izhor qilish maqsadida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqandga tashrif buyurdi.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, buyuk siyosat arbobi — Islom Abdug‘aniyevich Karimovning so‘nmas xotirasi barcha minnatdor yurtdoshlarimizning, butun xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qoladi.