Bag‘dodagi teraktda halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishIroq harbiy xizmatchilari
Iroq harbiy xizmatchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin RIA Novosti nashrida Bag‘doddagi savdo markazida yuz bergan terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani, 60 dan ortiq inson jarohatlangani haqida xabar qilingan edi.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Xabarga ko‘ra, Iroq Neft vazirligi ro‘parasida joylashgan savdo markazi oldida bomba o‘rnatilgan avtomobil portlatib yuborilgan.

Yana bitta portlash esa savdo do‘koni yonidagi avtomobil to‘xtash joyida amalga oshirilgan.

OAV: “Islom Davlati” jangarilari Iroqda 80 kishini qatl qildi
Shu paytga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetgan, jarohatlanganlar soni esa 60dan oshib ketgan.

Terakt uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘z zimmasiga olgan.

Iroqda so‘nggi vaqtlarda vaziyat yomonlashgan. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi mamlakatning bir qismini egallab olgan. Jangarilar hujumlari oqibatida tinch aholi jabr ko‘rmoqda.

Joriy yilning iyul oyida "ID" jangarilari restoran va savdo majmualariga boy hisoblangan Al-Karrada tumaniga keng ko‘lamli hujumni amalga oshirgan edi. Terrorchilar tomonidan shu qadar amalga oshirilgan o‘ta kuchli portlash oqibatida qator binolar yonib kulga aylandi. Hodisa qurbonlari soni 324 nafarni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0