OAV: “Islom Davlati” jangarilari Iroqda 80 kishini qatl qildi

Obuna bo‘lish
Terrorchilar politsiyachilar, harbiylar, shuningdek, “Islom Davlati” uyushmasi g‘oyasiga qarshi chiqqan shaxslarni o‘lim jazosiga mahkum qildi.

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. “Islom Davlati” jinoiy uyushmasi jangarilari Iroqning Mosul shahri yaqinida 80ga yaqin kishini, shu jumladan, politsiyachilarni ham otuvga hukm qildilar, RIA Novosti Iroq Alsumaria telekanali xabari asosida.

Jihod bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
ID jangarisi jamoatchilik oldida o‘z onasini qatl qildi

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, “ID” terrorchilari Naynav provinsiyasi markazidagi al-G‘azlan harbiy lagerida 80ga yaqin kishini, shu jumladan harbiylar va politsiyachilar, hamda terrorchilar g‘oyasiga qarshi bo‘lgan shaxslarni qatl qilgan. Jangarilar o‘z qurbonlarini josuslikda hamda Iroq hukumati bilan til biriktirganlikda ayblaganlar.

Iroqning yiriklikda ikkinchi o‘rinda turadigan Mosul shahri 2014-yilning 10-iyunida jangarilar tomonidan bosib olingan. Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy Ar-Ramadiy shahridagi operatsiya o‘z yakuniga yetishi bilan Mosul ham “ID” jangarilaridan ozod qilinishiga va’da bergan. Iroq armiyasi rasmiy vakili Yaxyo Rasul ham Sputnik agentligi bilan suhbatda xuddi shunday rejalar haqida gapirgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0