TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Milliarderning aytishicha, bordiyu u prezident etib saylangudek bo‘lsa, butun dunyo Amerikani avvalgidek hurmat qilishni boshlaydi, deb yozadi RIA Novosti.
Donald Tramp o‘z chiqishi vaqtida, shuningdek, yaqinda bo‘lib o‘tgan hodisa — Qora dengiz ustida Rossiya samolyoti AQSh kemasiga "namoyishkorona" hujum qilganini eslatib o‘tdi.
AQShga boshqa davlatlar jiddiy munosabatda bo‘lmayotganiga misol keltirar ekan, Tramp Rossiya va Amerika samolyotlari Qora dengiz ustida bir-biriga o‘ta yaqin kelgani singari holatlarni eslatib o‘tdi. "Putin kulyapti, ishoning, u bizning yetakchilarimiz ustidan kulyapti. Kecha uning samolyoti uch metr narida uchib o‘tdi, u ustimizdan kulyapti, xuddi Eron kabi bizni masxara qilyapti", — deya ta’kidladi Tramp.
Milliarder, shuningdek, bir necha kun oldin ro‘y bergan hodisani misol keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron Harbiy Dengiz Kuchlari Fors qo‘ltig‘ida Amerika harbiy kemasiga o‘ta yaqin kelib, uni yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur etgan.
AQSh prezidentligiga nomzod Tramp, Bosh Qo‘mondon bo‘lsa bu singari hodisalarda eronliklarni suvdan "sug‘urib" olishini ma’lum qildi. "Ular bizning viqorli esmineslarimizni o‘zlarining mayda qayiqchalari bilan o‘rab olib, oldimizda imo-ishora qilishmoqda, ularga bunga ruxsat bermaslik kerak", — deya o‘z fikrlarini bayon qildi Tramp.